::

Darknet xavfsizmi?

Demak, internetning ko‘zga ko‘rinmas qismi — Darknet — ko‘pchilik uchun sirli va xavfli ko‘rinadi. U yerda noqonuniy faoliyatlar, qora bozor va maxfiy guruhlar haqida ko‘plab gap-so‘zlar yuradi. Ammo haqiqatda Darknet nima va u qanchalik xavfsiz?

Darknet nima?

Darknet — bu oddiy brauzer orqali kira olmaydigan, maxsus dasturlar (masalan, Tor) orqali ochiladigan internet tarmog‘ining yashirin qismi. U yerda maxfiylik yuqori, IP-manzillar yashirin bo‘ladi va foydalanuvchilar anonim qoladi. Jaydari tilda VPN ning akasi.

Nega odamlar Darknetga kiradi?

  • Maxfiylikni ta'minlash uchun — Jurnalistlar, anonim faoliyat yurituvchi insonlar o‘z shaxsini yashirish uchun foydalanadi. U yerda to'liq anonim bo'lasiz. Siz na davlat ko'ra oladi, na boshqasi.
  • Noqonuniy faoliyatlar uchun — Afsuski, narkotiklar, qurollar, qalbaki hujjatlar savdosi ham u yerda bor. Va shuni aytish kerakki Darknetda senzura yo'q!

Darknet xavfsizmi?

✅ Xavfsiz bo'ladi agar siz faqatgina read-only rejimida foydalansangiz!

❌ Xavfli bo‘lishi mumkin agar xarqanday malumotingizni kiritsangiz!:

Tavsiyalar

  • Faqat maqsadli va kerakli ma’lumotlar uchun foydalaning.
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon yozmang.
  • Antivirus va VPNdan foydalaning.
  • Tasodifiy havolalarni bosmang.
  • Tarmoqdan chiqqandan keyin Tor brauzerni tozalang.

Xulosa

Darknet — bu xavfli yoki xavfsiz degan savolga aniq “ha” yoki “yo‘q” deb javob berib bo‘lmaydi. U vosita xolos. Siz uni qanday ishlatsangiz — xavfli yoki xavfsiz bo‘lishi ham shunga bog‘liq. Ogohlik va qonuniylik — asosiy tamoyilingiz bo‘lishi kerak.

“Maxfiylik — bu huquq. Uni noto‘g‘ri ishlatish esa javobgarlik tug‘diradi.”

Mundarija: